O‘zbekistonga yarim yilda 2,35 mln dona mobil telefon import qilindi

Mobil telefonlarning asosiy qismi Xitoy va Vetnamdan keltirilgan

O‘zbekistonga yarim yilda 2,35 mln dona mobil telefon import qilindi

2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan $477 mlnlik 2,35 mln dona mobil telefon olib kirildi. Bu haqda Milliy Statistika qo’mitasi xabar berdi.

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 477,5 ming donaga yoki 25,4% ga oshgan.

Mobil telefonlarning asosiy qismi Xitoy va Vetnamdan keltirilgan. Xususan, Xitoydan 1,81 mln dona, Vetnamdan 462 ming dona, Hindistondan 39,6 ming dona, Janubiy Koreyadan 28,8 ming dona telefon import qilingan.

Qolgan 11,5 ming dona mobil telefon boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

AVO bank mijoz hisobvaraqlariga qo‘yilgan cheklovlar yuzasidan izoh berdi
/
AVO bank mijoz hisobvaraqlariga qo‘yilgan cheklovlar yuzasidan izoh berdi
O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi
O‘zbekistonning tashqi qarzi $84,1 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning tashqi qarzi $84,1 mlrdga yetdi