O‘zbekistonda madaniy hordiq maskanlari xususiylashtirish to‘xtatiladi

Mazkur tartibni buzganlarga jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

O‘zbekistonda madaniy hordiq maskanlari xususiylashtirish to‘xtatiladi

Yer uchastkalaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Qonun qabul qilindi

Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat mulki bo‘lgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlandi.

Ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, ushbu yerlarning hududini qisqartirish mumkin emas.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilib, ularning asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga bo‘linishi ko‘zda tutildi. 

Bundan tashqari, botanika bog‘lari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiritildi va ularning hududida o‘simlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlandi.

Eslatib o’tamiz, mazku qonun Senat tomonidan 2025-yil 20-fevralda ma’qullangan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston savdo hajmini $100 mlnga yetkazishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston savdo hajmini $100 mlnga yetkazishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan oshgan operatsiyalar ustidan nazorat kuchaytiriladi
/
O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan oshgan operatsiyalar ustidan nazorat kuchaytiriladi
O‘zbekistonda paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar uchun yangi kompensatsiya va subsidiyalar joriy etiladi
/
O‘zbekistonda paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar uchun yangi kompensatsiya va subsidiyalar joriy etiladi