O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida domen nomlarini sotish bo‘yicha dastlabki bitimlar tuzildi

Xususan, o‘tgan davrda mazkur platformada 34,1 mln so‘mlik domen nomlari sotilgan

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida domen nomlarini sotish bo‘yicha dastlabki bitimlar tuzildi

Respublika Tovar-xom ashyo birjasida yangi domain.uzex.uz elektron savdo platformasida dastlabki bitimlar amalga oshirildi. Bu haqda “O‘zRTXB” AJ ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024-yil 14-dekabrda ishga tushirilgan platformada o‘tgan davrda 34,1 mln so‘mlik 51 domen nomi sotildi. Auksion savdolari bozor tamoyillari asosida o‘tkazilib, domen nomlarining narxi boshlang‘ich bahosiga nisbatan o‘rtacha 79,4% ga oshdi.

Yangi tizimda “Premium” toifasidagi domen nomlari sun’iy intellekt yordamida sotilmoqda. Sun’iy intellekt domenlar bo‘yicha kalit so‘zlar, tendensiyalar va ularning dolzarbligini tahlil qilib, auksion ishtirokchilariga eng yaxshi variantlarni taklif etadi.

Domen nomlari birjaning domain.uzex.uz platformasida savdoga qo‘yilib, ular “UZINFOCOM” MChJ tomonidan integratsiya qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Coca-Cola Uzbekistan $25 mlnlik soliq talabi yuzasidan sudga murojaat qildi
/
Coca-Cola Uzbekistan $25 mlnlik soliq talabi yuzasidan sudga murojaat qildi
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
/
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi
/
Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi