O‘zmiliybank tijorat ko‘chmas mulkini developerlardan sotib olish uchun 500 mlrd so‘m yo‘naltiradi

Noturar joylarni lizing asosida beruvchi 4 trln  loyihalar paketi tayyorlanadi

O‘zmiliybank tijorat ko‘chmas mulkini developerlardan sotib olish uchun 500 mlrd so‘m yo‘naltiradi

O‘zbekiston Milliy banki to‘g‘ridan-to‘g‘ri developerlardan tijorat ko‘chmas mulkini sotib olish va keyinchalik uni tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda ijaraga yoki lizingga berish uchun 500 mlrd so‘m sarmoya kiritadi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu sohada vositachilik vazifasini tijorat banklari bajarishi haqidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Moliyaviy muassasalar quruvchilardan ko‘chmas mulkni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olib, biznesga qulay shartlarda ijaraga yoki lizingga berishi mumkin bo‘ladi.

Markaziy bank raisi Timur Ishmetovga quruvchilar bilan hamkorlikda bo‘sh turgan noturar joylarni lizing asosida berish bo‘yicha umumiy qiymati 4 trln so‘mlik loyihalar to‘plamini tayyorlash vazifasi topshirildi. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi 50 ming kvadrat metr tijorat ko‘chmas mulkini iqtisodiy aylanmaga jalb etish va 100 mingga yaqin ish o‘rinlarini yaratish imkonini berishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Milliy banki raisi Alisher Mirsoatov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida prezident bankka xizmat ko‘rsatish sohasida 3 mln kishini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish vazifasini yuklaganini ta’kidladi, ularning yarmi Toshkentga to‘g‘ri keladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi
/
Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi