“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Axmedov xalqaro qidiruvga berildi

Sobiq korxona rahbariga o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish ayblovi qo‘yilgan

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Axmedov xalqaro qidiruvga berildi

O‘zbekiston hukumati “O‘zmetkombinat” AJ sobiq boshqaruv raisi Dilshod Axmedovni xalqaro qidiruvga berdi. Bu haqdagi ma’lumot Interpolning rasmiy saytida e’lon qilingan.

Sobiq rahbarga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Ushbu modda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish uchun javobgarlikni nazarda tutadi.

Dilshod Axmedov metallurgiya kombinati rahbari lavozimida 2024-yil oktabrdan 2025-yil avgustigacha faoliyat yuritgan. Ushbu lavozimga tayinlanishidan avval u investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari, shuningdek, korxona boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

1972-yilda tug‘ilgan Axmedov korxonani qariyb o‘n oy boshqarganidan so‘ng lavozimidan ozod etilgan.

Kapital Depozit ma’lumotlariga ko‘ra, “O‘zmetkombinat”ning 2025-yil yakunlari bo‘yicha sof foydasi 117 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yildagi 348,1 mlrd so‘mga nisbatan 66,4 foizga kam bo‘lib, 2023-yildagi 513,7 mlrd so‘mlik natijadan ham ancha pastdir.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi