“O‘zbekneftgaz”da raisning ikki nafar yangi o‘rinbosari tayinlandi

Suxrob Xamrayev moliya va transformatsiya yo‘nalishini, Abrorjon Xudoyberganov esa qayta ishlash sohasini boshqaradi

“O‘zbekneftgaz”da raisning ikki nafar yangi o‘rinbosari tayinlandi

“O‘zbekneftgaz” boshqaruvi tarkibida raisning yangi o‘rinbosarlari tasdiqlandi. Bu haqda davlat kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Moliyaviy masalalar, transformatsiya jarayonlari va xususiylashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Suxrob Xamrayev tayinlandi. U investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish va yirik ishlab chiqarish rejalarini amalga oshirish borasida katta tajribaga ega. Avval Xamrayev O‘zbekistondagi tegishli vazirliklar, idoralar va energetika tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Qayta ishlash yo‘nalishi bo‘yicha rais o‘rinbosari etib Abrorjon Xudoyberganov tayinlandi. Mutaxassis faoliyatini qurilma operatorligidan boshlab boshqaruv darajasigacha olib chiqqan. U neft-gaz sanoatida innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga ixtisoslashgan.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” rahbariyati tarkibi ham yangilandi. Unda Rustam Sherov (qazib olish va burg‘ilash bo‘yicha rais o‘rinbosari), Fozil Mahmudov (investitsiyalar, qurilish va transport bo‘yicha rais o‘rinbosari), Shahzod Alirizaev (lokalizatsiya, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha rais o‘rinbosari), Zohid Qaraev (komplaens va ichki korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘yicha rais o‘rinbosari) hamda Nodir Muxutdinov (bosh geolog, boshqaruv a’zosi) faoliyat olib boradi.

Shu bilan birga, kompaniya sobiq rais o‘rinbosarlari G‘ayrat Yo‘ldashev va Qahramon Hakimov bilan mehnat munosabatlarini muddatidan oldin yakunladi. Ularning vakolatlari joriy yilning yanvar va fevral oylarida tugatilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
/
MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi