Kelgusi 12 oyda kredit olishni rejalashtirayotganlar ulushi 56,5% ga yetadi — Markaziy bank

Aholining barcha qatlamlarida uy-joy taʼmiri uchun xarajatlar yuqoriligicha qolmoqda

Kelgusi 12 oyda kredit olishni rejalashtirayotganlar ulushi 56,5% ga yetadi — Markaziy bank

Markaziy bank O‘zbekiston aholisi xarajatlari tarkibi va kelgusidagi kutilmalarini o‘rgandi. Shu bilan birga, tahlildan kreditga bo‘lgan talab hamda pul jamg‘arish imkoniyatlari ham o‘rin olgan.

Infografika: Markaziy bank

Joriy yil II choragi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda 77% (I chorakda 78%) ishtirokchi kelgusi bir yilda xarajatlari ortishini kutayotganini aytgan.

Aholining barcha qatlamlarida uy-joy taʼmiri uchun xarajatlar yuqori ulushga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birga, asosiy xarajatlar qatorida taʼlim va davolanish uchun qilinadigan chiqimlar yuqoriligicha qolyapti.

Infografika: Markaziy bank

Yoshlar kesimida 18-30 yosh orasidagilar uy-joy taʼmiri, taʼlim xarajatlarini rejalashtirayotganini taʼkidlagan. O‘rta yosh vakillari (31-40 yoshlilar) ko‘proq uy-joy taʼmirlashini, 50 yoshdan kattalar davolanish va boshqa xarajatlari asosiy o‘rinda ekanini bildirgan.

Infografika: Markaziy bank

Tahlil qilinishicha, aholi kelgusi chorakdagi eng ko‘p xarajatlari uy-joy taʼmirlash, taʼlim va sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq bo‘lishini rejalashtirmoqda. Shuningdek, avtomobil xaridi, to‘y marosimlari va sayohat qilish kabi xarajatlar bo‘yicha kutilmalar ulushi ham yuqori shakllanmoqda. Bu kutilmalar kelgusida mazkur tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab yuqori darajada qolishini ko‘rsatishi qayd etilgan.

Markaziy bank kelgusi 12 oyda kredit olishni rejalashtirayotganlar ulushi 56,5% ni tashkil etganini maʼlum qilgan. Bu I chorakdagiga qaraganda 2,2% ga kam.

Kelgusida kredit olishni rejalashtirayotganlar ulushi o‘tgan chorakka nisbatan 7-15 mln so‘mgacha hamda 20 mln so‘mdan yuqori daromadli guruhlarda oshgan. 7 mln so‘mgacha daromadli guruhlarda esa kamaygan, deyiladi sharhda.

Shu bilan birga, 20 mln so‘mdan yuqori daromadlilar qolgan guruhlarga nisbatan kelgusida kreditga bo‘lgan talablari kamayishini ko‘proq kutayotgani aniqlangan.

Kreditga ehtiyoji yuqorilar qarzni asosan uy-joy taʼmiri, taʼlim, davolanish, to‘y qilish va avtomobil sotib olishga sarflashini bildirgan.

Infografika: Markaziy bank

So‘rovda qatnashganlar orasida pul jamg‘armasi ko‘payishini kutayotganlar ulushi 62,6% ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos choragiga nisbatan biroz yuqori.

Jamg‘armalari o‘zgarmasligini kutayotganlar ulushi 1,4% ga oshib, 23% ni tashkil etgan. Jamg‘armalari kamayishini kutayotganlar esa deyarli o‘zgarmagan va 14,4% bo‘lgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi