O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi

Shuningdek, yana oltita yo‘nalishda hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi

9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Shuningdek, quyidagi ikki tomonlama hujjatlar imzolandi:

  • diplomatik kadrlar tayyorlash to‘g‘risida;
  • qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • standartlashtirish, metrologiya va tovarlarning muvofiqligini baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • energetika bozorlarini tartibga solish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
  • 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;
  • 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan standartlashtirish sohasidagi hamkorlik dasturi.

Kapital.uz avvalroq O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiya imzolangani haqida yozgandi. Italiya bosh vaziri Jorja Meloni tashrifi doirasida beshta yo‘nalishda hujjatlar qabul qilingandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi