O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb $60 mlrdga yetdi

Bu o‘tgan yilga nisbatan 3,6% ga yuqori hisoblanadi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb $60 mlrdga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 11 oyda $59,4 mlrdga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida erishilgan ko‘rsatgichlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan $2,1 mlrd yoki 3,6% ga yuqori hisoblanadi.

Tashqi savdo aylanmasida eksport ulushi 40,8% ($24,223,0 mln)ni, import ulushi esa 59,2% ($35,145,8 mln)ni tashkil qilmoqda. 

Toshkent shahri O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori 38,8% ulushni egallagan — 11 oyda qariyb $23,023,8 mlnga yetgan. Eng past ulush esa 0,6% bilan Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelib, $365,1 mlnni tashkil qildi.

Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston jahonning 195 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Tashqi savdo aloqasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19%), Rossiya (18%), Qozog‘iston (6,5%), Turkiya (4,4%) va Janubiy Koreyada (3%) qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi