O‘zbekiston – Rossiya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 20% ga oshgan

Rossiya asosan shakar, bolalar oziq-ovqatlari va qandolat mahsulotlarini eksport qilgan

O‘zbekiston – Rossiya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 20% ga oshgan

2024-yilda O‘zbekiston va Rossiyaning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sohasidagi tovar ayirboshlash hajmi 20% ga oshdi. Bu haqda 11-mart kuni Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Patrushev O‘zbekiston bosh vazirining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Xodjayev bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Rossiya va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida strategik hamkorlar hisoblanadi. 2024-yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi 20% ga oshdi. Joriy yilda ijobiy dinamika saqlanib qolmoqda”,  — dedi Patrushev.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston bozorini o‘z eksportchilari uchun juda istiqbolli deb hisoblaydi. Moskva respublikaga don, chorvachilik mahsulotlari, kungaboqar yog‘i va qandolat mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirishga tayyor.

Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakat O‘zbekistonga asosan shakar, bolalar oziq-ovqatlari, kungaboqar yog‘i, kunjara, shrot va qandolat mahsulotlarini eksport qilgan. Bosh vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari importini yanada oshirishdan manfaatdor, ularni to‘siqsiz olib kirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda O‘zbekiston mehnat bozorida ish beruvchilar faolligi 17% ga oshdi
/
2025-yilda O‘zbekiston mehnat bozorida ish beruvchilar faolligi 17% ga oshdi
Markaziy bank Yangi Bankni tugatish jarayonini boshladi
/
Markaziy bank Yangi Bankni tugatish jarayonini boshladi
O‘zbekistonda investitsiya platformalari uchun “regulyator qumdoni” qoidalari tasdiqlandi
/
O‘zbekistonda investitsiya platformalari uchun “regulyator qumdoni” qoidalari tasdiqlandi