O‘zbekiston 2024-yilda $1,5 mlrdlik meva-sabzavot eksport qildi

Asosiy bozorlar sifatida Rossiya va Qozog‘iston yetakchilik qildi

O‘zbekiston 2024-yilda $1,5 mlrdlik meva-sabzavot eksport qildi

2024-yilda O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti $1,5 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 31,2% ga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Bu davrda yetkazib berish hajmi 2 mln tonnani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 15,8% ga yoki 278,5 ming tonnaga ko‘p.

O‘zbekiston meva-sabzavotlarining asosiy importchilari orasida Rossiya ($632,9 mln), Qozog‘iston ($189,8 mln), Pokiston ($192,3 mln) va Afg‘oniston ($124,4 mln) yetakchilik qildi. Eksportning eng katta o‘sishi uzum ($186,2 mln) va shaftoli ($96,9 mln, +44,2%)da kuzatildi. Shuningdek, quritilgan uzum $79,5 mln (+15,8%), piyoz $76,3 mln (+19,2%), gilos $70,3 mln (+33%), o‘rik $62,2 mln (+53%) va karam $49,8 mln (+68,8%) eksporti ham sezilarli darajada oshdi.

Shu bilan birga, quritilgan qora olxo‘ri eksporti 13,4% ga kamayib, $39 mlnni tashkil etdi, sabzi yetkazib berish esa 81,1% ga oshib, $31,7 mlnga yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Coca-Cola Uzbekistan $25 mlnlik soliq talabi yuzasidan sudga murojaat qildi
/
Coca-Cola Uzbekistan $25 mlnlik soliq talabi yuzasidan sudga murojaat qildi
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
/
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi
/
Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi