Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor qariyb $60 mlrdga yetdi

Bir oy davomida aktivlarning o'sishi 7,9% ni tashkil etdi

Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor qariyb $60 mlrdga yetdi

Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda $4,3 mlrdga, joriy yil boshidan beri qariyb $18,2 mlrdga oʻsdi.

Markaziy bank tahliliga koʻra, joriy yil 1-noyabrda mamlakat oltin-valyuta zaxiralari qiymati $59,3 mlrddan oshgan. Bunday yuqori koʻrsatkich respublika tarixida ilk bor kuzatilmoqda.

Zaxiralarning $47,8 mlrd oltin hissasiga toʻgʻri keladi. Bu qiymat bir oy avvalgidan qariyb $3,6 mlrdga yuqori.

Oktabr oyida respublikaning jami oltin zaxirasi hajmi 11,9 mln troy unsiyani (337,3 tonna) tashkil etgan. Bu sentabrdagiga nisbatan 300 ming unsiyaga (8,5 tonna) koʻp. Biroq 2025-yil boshida oltin zaxiralari hajmi 12,3 mln unsiya (433,8 ming tonna) edi.

Xalqaro zaxiralarning $10,9 mlrd xorijiy valyutadagi aktivlar ekani bildirilgan. Mazkur zaxiralar ham oktabr davomida $731,4 mlnga koʻpaygan.

Oktabrda Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari hajmi $4,3 mlrdga oshdi. Oy davomida oltin narxi $3,8 mingdan $4,1 minggacha koʻtarilishi taʼsirida zaxiralar $2,5 mlrdga boyidi, deyiladi Markaziy bank izohida.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

3-maydan Toshkent–Xiva yo‘nalishida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yiladi
/
3-maydan Toshkent–Xiva yo‘nalishida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi
2026-yilning ilk choragida mamlakatdagi pul tushumlari hajmi 316 trln so‘mga yetdi
/
2026-yilning ilk choragida mamlakatdagi pul tushumlari hajmi 316 trln so‘mga yetdi