O‘zbekiston armiyasida dronlar va robotlashtirilgan texnologiyalar joriy etish kengaytiriladi

Prezident kiberxavfsizlikni kuchaytirish va shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha choralar ko‘rishni topshirdi

O‘zbekiston armiyasida dronlar va robotlashtirilgan texnologiyalar joriy etish kengaytiriladi

Avval xabar qilinganidek, 13-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazib, muddatli harbiy xizmatchilar uchun yangi imtiyozlarni e’lon qildi.

Yig‘ilishda mudofaa sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yildan boshlab an’anaviy sport turlari bilan bir qatorda kiber sport, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish va robototexnika bo‘yicha musobaqalar tashkil etilishi belgilandi.

Davlat rahbari O‘zbekiston armiyasi doimiy ravishda harakatchan, yuqori texnologiyali, yangi jangovar sharoitlarga moslashgan va mamlakat xavfsizligini ta’minlashga tayyor bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, qo‘shinlarni sun’iy intellektga asoslangan dron tizimlari, robotlashtirilgan majmualar va yengil texnika bilan jihozlash ustuvor vazifa etib belgilandi. Mudofaa sanoatida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish ham asosiy yo‘nalishlar qatoriga kiritildi.

Bundan tashqari, kiberxavfsizlikni mustahkamlash va milliy raqamli infratuzilmaning barqarorligini ta’minlash muhim vazifa sifatida qayd etildi. Mas’ullarga shaxsiy ma’lumotlar va raqamli tizimlarni himoya qilish bo‘yicha aniq choralarni belgilash topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda 2026-yilda 18 ta yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi
/
Toshkentda 2026-yilda 18 ta yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi ikki kompaniyaga sanksiya kiritdi
/
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi ikki kompaniyaga sanksiya kiritdi
Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
/
Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi