O’zbekistonda tadbirkorlar faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarning oldi olinadi
Har bir faoliyat tekshiruvi haqida Biznes-ombudsman xabardor bo’ladi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi barcha tekshiruvlar faqatgina “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi. Bu haqidagi Prezident Farmoni “Lex.uz”da e’lon qilindi.
Ayrim holatlarda, masalan, fuqarolar xavfsizligiga tahdid solganda yoki davlat manfaatlariga zarar yetkazilganda, tekshiruvlar avval boshlanib, keyin 24 soat ichida tizimda ro‘yxatga olinib, Biznes-ombudsmanga xabar beriladi.
Shuningdek, “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o’rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Bunda O’zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunining 39-moddasiga muvofiq, kamerali soliq tekshiruvlari “yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro’yxatga olinmaydi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ