O‘zbekistonda omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari 4 yillik minimumga tushdi

Iyun oyida aholi omonatlarining o‘rtacha daromadliligi 19,2%gacha pasaydi

O‘zbekistonda omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari 4 yillik minimumga tushdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyun oyida milliy valyutadagi barcha muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 17,6%ni tashkil etdi. Bu yanvar oyidagi 18,9%ga nisbatan 1,3% bandga past.

Aholi omonatlari bo‘yicha o‘rtacha stavka ham pasayishda davom etdi. Iyun yakuniga ko‘ra u 19,2%ni tashkil etdi. Bu 2021-yil mart oyidan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Qisqa muddatli omonatlar bo‘yicha pasayish yanada sezilarli bo‘ldi. Jismoniy shaxslarning 1 yilgacha bo‘lgan depozitlari bo‘yicha o‘rtacha stavka yanvardagi 20,5%dan iyunda 16,6%gacha tushdi. 1 yildan yuqori muddatli omonatlar bo‘yicha esa stavka 20,6%dan 19,6%gacha pasaydi.

Yuridik shaxslar depozitlari bo‘yicha ham pasayish kuzatildi. Ularning muddatli omonatlari bo‘yicha o‘rtacha stavka iyunda 15,3%ni tashkil etdi. Shundan 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar bo‘yicha stavka 14,8%, 1 yildan yuqori muddatli depozitlar bo‘yicha esa 15,5% etib qayd etildi.

Barcha muddatli depozitlar kesimida 1 yilgacha bo‘lgan omonatlar bo‘yicha o‘rtacha daromadlilik iyunda 15,4%, 1 yildan yuqori muddatli depozitlar bo‘yicha esa 18,1%ni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqarildi
/
“Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqarildi
Tijorat kreditlari bo‘yicha o‘rtacha stavka 21,6% gacha pasaydi
/
Tijorat kreditlari bo‘yicha o‘rtacha stavka 21,6% gacha pasaydi
Kelgusida kadastr xizmatlarida “bitta ariza – bitta toʻlov” tamoyili joriy etilishi mumkin
/
Kelgusida kadastr xizmatlarida “bitta ariza – bitta toʻlov” tamoyili joriy etilishi mumkin