Noyabr oyida O‘zbekiston oltin xaridi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi

Eng yirik xaridor sifatida Polsha Markaziy banki qayd etilgan

Noyabr oyida O‘zbekiston oltin xaridi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi

Noyabr oyida O‘zbekiston oltin xaridi bo‘yicha jahondagi eng faol davlatlardan biri bo‘ldi. Bu haqda World Gold Council hisobotida ma’lum qilindi.

Hisobotga ko‘ra, oy davomida dunyo markaziy banklari tomonidan jami 45 tonna sof oltin xarid qilingan. Xalqaro valuta jamg‘armasi hamda ochiq manbalar ma’lumotlariga tayangan holda, rivojlanayotgan mamlakatlar markaziy banklari oltinga bo‘lgan barqaror talabni saqlab qolgani qayd etilgan.

Eng yirik xaridor sifatida Polsha Markaziy banki 12 tonna oltin sotib olgan. 2-o‘rinda Braziliya (11 tonna), 3-o‘rinda esa O‘zbekiston (10 tonna) qayd etilgan. Qozog‘iston 8 tonna oltin xarid qilgan. Shuningdek, Chexiya, Xitoy va Indoneziya kichik hajmlarda oltin zaxiralarini oshirgan.

Noyabr oyida oltin sotgan davlatlar soni cheklangan bo‘lib, faqat Iordaniya (2 tonna) va Qatar (1 tonna) markaziy banklari sof sotuvchi sifatida qayd etilgan.

Yil boshidan buyon O‘zbekiston oltin sotuvi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda qolmoqda. Mazkur ko‘rsatkichda mamlakat Singapur va Rossiyadan keyin joylashgan. Asosiy xaridor davlatlar sifatida Polsha, Qozog‘iston va Braziliya ko‘rsatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr oyida O‘zbekiston oltin eksportini to‘liq to‘xtatgan. Bu 2025-yilda Markaziy bank oltin sotmagan to‘rtinchi oy bo‘ldi. Yilning 11 oyi davomida oltin eksporti $9,9 mlrddan oshib, yillik hisobda 49,4% ga o‘sgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi