Markaziy bank ilk marta oltin quymalarini qayta sotib olish narxlarini e’lon qildi

Qadog'i but holatdagi quymalar sotish narxidan 3,9% ga, texnik talablarga mos kelmaydiganlari esa 4,9% ga pastroq narxda qaytarib olinmoqda

Markaziy bank ilk marta oltin quymalarini qayta sotib olish narxlarini e’lon qildi

Markaziy bank birinchi marta oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qildi.

Qadog’i but holatdagi quymalar sotish narxidan 3,9% ga, texnik talablarga mos kelmaydiganlari esa 4,9% ga pastroq narxda qaytarib olinmoqda.

100 gramm ko‘rinishidagi oltin quymalarni bugun banklarga 167,9 mln so‘mga qaytarib sotish mumkin. Ushbu quymalar 1 yil avval 116,6 mln so‘m narxda sotuvga chiqarilgan edi. Sof foyda — 44%.

Avvalroq oltin quymalarni banklarga 1%–4% atrofida qaytarib sotish mumkin bo‘lgan, biroq aniq narxlar ochiq manbalarda e’lon qilinmagan.

Og‘irligi Sotish narxi (05.01.2026) Qaytarib sotib olish narxi (qadog’i but holatda) Qaytarib sotib olish narxi (texnik talablarga mos kelmaydigan holatda)
5 gramm 8 735 000 so‘m 8 395 000 so‘m 8 311 000 so‘m
10 gramm 17 469 000 so‘m 16 791 000 so‘m 16 621 000 so‘m
20 gramm 34 939 000 so‘m 33 582 000 so‘m 33 243 000 so‘m
50 gramm 87 347 000 so‘m 83 955 000 so‘m 83 107 000 so‘m
100 gramm 174 694 000 so‘m 167 910 000 so‘m 166 214 000 so‘m

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi