O‘zbekistonda 5 grammli oltin quymalari narxi 44-marta rekordni yangiladi

Qimmatbaho metall bir kunda 318 ming so‘mga oshdi

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quymalari narxi 44-marta rekordni yangiladi

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi birinchi marta 8,8 mln so‘mdan oshdi.

2025-yil 17-oktabr holatiga ko‘ra, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oltin quymasining bir gramm narxi 1,76 mln so‘mni tashkil qildi.

Quymalar narxi quyidagicha belgilandi:

  • 5 gramm — 8,8 mln so‘m;
  • 10 gramm — 17,6 mln so‘m;
  • 20 gramm — 35,2 mln so‘m;
  • 50 gramm — 88 mln so‘m;
  • 100 gramm — 176 mln so‘m.

16-oktabr kuni 5 grammli oltin quymalari narxi 8,48 mln so‘m edi, qimmatbaho metall bir kunda 318 ming so‘mga oshdi.

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi 2025-yil boshidan buyon 44-marta rekordni yangiladi. Jahon bozorida oltinning birja narxi tarixiy maksimumni yangilab, bir troya unsiyasi uchun $4,35 mingga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi