O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari 8,9 mln so‘mdan oshdi

Narxlar bir kunda 0,3% ga, yil boshiga nisbatan esa 60% ga oshgan

O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari 8,9 mln so‘mdan oshdi

Markaziy bank 25-dekabr kuni uchun o‘lchovli oltin quyma narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1 gramm oltin quymasining narxi 1 mln 788 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Shuningdek, oltin quymalari sotish narxlari quyidagicha:

  • 5 gramm — 8 942 000 so‘m;
  • 10 gramm — 17 884 000 so‘m;
  • 20 gramm — 35 767 000 so‘m;
  • 50 gramm — 89 418 000 so‘m;
  • 100 gramm — 178 836 000 so‘m.

Bu O‘zbekistonda oltin quymalari sotila boshlangan paytdan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Narxlar bir kunda 0,3% ga, yil boshiga nisbatan esa 60% ga oshdi. Oltin narxi shu yilning o‘zida 45 martadan ko‘proq rekord o‘rnatdi.

Jahon bozorida ham oltin narxi o‘z tarixidagi yuqori cho‘qqilarni zabt etmoqda. Xususan, 25-dekabr soat 9:52 holatiga ko‘ra, $4,48 mingni tashkil etmoqda.

Eslatib, o’tamiz, mamlakatda oltin quymalari rekordi oxirgi marta 23-dekabr kuni qayd etilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi