Dunyoda oltin narxi rekordni yangilab, $4 400 dan oshdi

O‘zbekistonda ham qimmatbaho metall narxlari o'sishni qayd etgan

Dunyoda oltin narxi rekordni yangilab, $4 400 dan oshdi

Comex tovar birjasida qimmatbaho metallar fyucherslari bo‘yicha narxlar rekord ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Bu haqda ТАСС agentligi xabar berdi.

22 dekabr holatiga ko‘ra, oltin fyucherslarining birja narxi bir troya unsiyasi uchun $4 428,5 ga yetdi. 2025 yil boshidan buyon ushbu aktivlar sezilarli o‘sishni namoyish etdi: oltin 62,82% ga, kumush esa 137,27% ga qimmatlashdi.

Jahon bozoridagi ushbu dinamika O‘zbekistonda ham o‘lchovli oltin quymalari narxlarining oshishiga sabab bo’ldi. Xususan, noyabr o‘rtalaridan buyon respublikada oltin narxi qariyb 5% ga oshdi.

Natijada:

  • 5 grammli oltin quymasi — 8,71 mln so‘m,
  • 10 grammli — 17,43 mln so‘m,
  • 20 grammli — 34,87 mln so‘m,
  • 50 grammli — 87,17 mln so‘m,
  • 100 grammli quymalar esa 174,35 mln so‘mdan sotilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi