Biznesni rivojlantirish bankida ochiq eshiklar kuni
2024-yil 4-dekabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Sergeli bank xizmatlari markazida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlab “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
Unda Bank Boshqaruvi rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, bank mijozlari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Korrupsiyaning jamiyatdagi sog‘lom qadriyatlarga, jamoadagi ishchanlik muhitiga va tashkilotning mijozlar oldidagi imijiga salbiy ta’siri haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Shuningdek, bankning Komplaens nazorati xizmati mas’ul xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi.
Qayd etildiki, bankda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, shartnomaviy munosabatlar va xaridlarda shaffoflikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada mutasaddi davlat organlari bilan faol hamkorlik olib borilmoqda.
Xususan, hozirda 2 733 nafar xodim Huquqni muxofaza qilish akademiyasi platformasida o‘qitilmoqda. Bundan tashqari, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminarlarida barcha xodimlar ishtirok etdi.
Bank tizimida amalga oshirilgan samarali chiora-tadbirlar natijasida Bosh bank, Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va Yakkasaroy BXO ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, yuqori lavozimdagi 23 nafar xodim “CERT academy”da korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv kursida o‘qitildi. Ularga ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi xalqaro sertifikati berildi. Bundan tashqari, Komplaens nazorati departamentining 18 nafar xodimida ham ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi xalqaro sertifikatlari mavjud
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ