Getty Images $2,1 mlrd qarzini restrukturizatsiya qilish uchun bankrotlik jarayonini boshlaydi
Kompaniya $533 mlngacha yangi kapital jalb qilish va qarzining $270 mln qismini hisobdan chiqarishni rejalashtirmoqda
Kompaniya yaqin haftalarda AQSh Bankrotlik kodeksining 11-bobi bo‘yicha jarayonni boshlamoqchi. Ushbu tartib kompaniyalarga moliyaviy majburiyatlarini qayta ko‘rib chiqish va faoliyatini davom ettirish imkonini beradi.
Kelishuv doirasida investorlar Getty Images kompaniyasiga $533 mlngacha yangi aksiyadorlik kapitalini taqdim etadi. Jarayon yakunlangach, kompaniyaning 100% aksiyalari Getty oilasi bilan bog‘liq tuzilmalar va Koch Equity Development tasarrufiga o‘tadi.
Ta’minlanmagan obligatsiyalar egalari qarzning $270 mln qismini hisobdan chiqarishga rozi bo‘lgan. Ta’minlangan kreditorlar esa foiz xarajatlarini kamaytirish va qarzni qaytarish muddatlarini uzaytirishni ma’qullagan.
Getty Images restrukturizatsiya jarayonida odatdagi faoliyatini davom ettirish va yetkazib beruvchilar oldidagi majburiyatlarini bajarishni rejalashtirmoqda. Koch Equity Development tomonidan ajratiladigan $143 mlngacha qo‘shimcha mablag‘ ham ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ