DeepSeek’ning ommalashishi natijasida “Nvidia” kompaniyasining kapitali qariyb $600 mlrdga kamaydi

Bu bilan “Nvidia” dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini yo‘qotdi

DeepSeek’ning ommalashishi natijasida “Nvidia” kompaniyasining kapitali qariyb $600 mlrdga kamaydi

Nvidia kompaniyasining kapitali $589 mlrdga kamaydi, bunga Xitoyning DeepSeek firmasi tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt tez mashhurlikka erishganini sabab bolgan. Bu haqda “Forbes nashri yozmoqda

Grafik protsessorlar (GPU) va superkomputerlar ishlab chiqaradigan “Nvidia” kompaniyasi qiymati $3,5 trlndan $2,9 trlnga tushgan. Bu bilan esa kompaniya dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini yo‘qotdi.  

Shunga qaramay, “Nvidia” DeepSeek mahsulotini “sun’iy intellekt sohasidagi katta yutuq” deb baholadi. Biroq, kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotni ishlatish uchun “Nvidia”ning ko‘plab grafik protsessorlari (GPU) kerak bo‘ladi.

Forbes hisob-kitobiga ko‘ra, “Nvidia” bosh direktori Jensenga Xuangning boyligi bir kunda $21 mlrdga kamayib, $103,1 mlrdga tushgan.  

Umuman olganda, DeepSeek’ning ommalashishi AQShdagi yirik kompaniyalar, ayniqsa sun’iy intellekt va chip ishlab chiqaruvchi firmalar uchun kutilmagan zarba berib, aksiylar tushishiga sabab bo’ldi. Chunki DeepSeek nisbatan kam mablag‘ bilan yaratilgan bo‘lsa-da, OpenAI va Google kabi gigantlarning ilg‘or modellariga teng raqobatchiga aylandi. 

Buning natijasida nafaqat “Nvidia” kompaniyasi, balki AQSH fond bozorida bir kunda bir kunda $1 trln yo’qotdi.

Xususan, 

  • NVIDIA (NVDA) — (-16.47%); 
  • Broadcom (AVGO) — (-16.18%);  
  • Oracle (ORCL) — (-10.95%); 
  • Microsoft (MSFT) — (-3.71%); 
  • Google (GOOGLE) — (-2.76%); 
  • Tesla (TSLA) — (-1.62%);
  • AMD — (-6.09%).

Eslatib o‘tamiz, DeepSeek kompaniyasi 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning bosh ofisi Xanchjou shahrida joylashgan. Firmaning nazorat aksiyadori — High-Flyer xedj-fondining hammuassisi bo‘lgan Lyan Venfen. Dastlab, kompaniyaning asosiy yo‘nalishi savdo bilan bog‘liq edi.  

2023-yilda fond o‘z faoliyatini o‘zgartirish va umumiy sun’iy intellekt (AGI) ustida ishlashni boshlashini e’lon qildi. Ushbu turdagi sun’iy intellekt iqtisodiy jihatdan muhim vazifalarni bajarishda odamdan ustun bo‘lishi mumkin.  

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston bank tizimining sof foydasi 8,5 trln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekiston bank tizimining sof foydasi 8,5 trln so‘mdan oshdi
Moody’s O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “Ba2” darajasiga oshirdi
/
Moody’s O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “Ba2” darajasiga oshirdi
O‘zbekiston so‘nggi besh yilda energetika sohasiga $19 mlrddan ortiq investitsiya jalb qildi
/
O‘zbekiston so‘nggi besh yilda energetika sohasiga $19 mlrddan ortiq investitsiya jalb qildi