Noyabr oyida muammoli kreditlari hajmi 1,8 trln so‘mga kamaydi

Xususan, “Milliy bank” daNPL ko‘rsatkichi 824,6 mlrd so‘mga qisqargan

Noyabr oyida muammoli kreditlari hajmi 1,8 trln so‘mga kamaydi

2025-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston banklaridagi muammoli kreditlar (NPL) miqdori 20,5 trln so‘mni tashkil qildi. Noyabr oyida banklardagi qaytarilmayotgan kreditlar 1,8 trln so‘mga kamaydi. Bu 2025-yil hisobidan eng katta pasayish hisoblanadi.

Davlat banklarida NPL miqdori eng ko‘p kamaydi — 1,3 tlrn so‘mga. Xususiy banklarda pasayish 568 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat banklari orasida faqat “Aloqabank”da noyabr oyida NPL miqdori ko‘paydi.

Muammoli kreditlari eng ko‘p kamaygan bank “Milliy bank” bo‘ldi. O‘tgan oy bankda NPL ko‘rsatkichi 824,6 mlrd so‘mga qisqardi. Bu borada keyingi o‘rinda 485,1 mlrd so‘m bilan “Ipoteka bank” bormoqda.

Qaytarilmayotgan kreditlarning jami kreditlardagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich “Poytaxtbank”da — 18%. Keying o‘rinlarda “Avo bank” (8,8%), “Garant bank” (8,4%) va “Soderat bank” (7%) bormoqda.

Bu borada banklar bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich noyabr oyida 3,8% dan 3,45% gacha pasaydi. Bu ko‘rsatkich yil boshida 4% dan yuqori edi.

Ayni paytda muammo kreditlari eng ko‘p banklar qatorida:

  • “Milliy bank” — 4,36 trln so‘m;
  • “Agrobank” — 2,9 trln so‘m;
  • “Ipoteka bank” — 2,2 trln so‘m;
  • SQB — 2,2 trln so‘m mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi