O‘zbekistonda noyabr oyida avtomobil savdosi 6% ga oshdi

Birlamchi bozorda o‘sish saqlanib qolgan bo‘lsa, ikkilamchi segmentda pasayish kuzatildi

O‘zbekistonda noyabr oyida avtomobil savdosi 6% ga oshdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025-yil noyabr oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil bozori holatiga doir yangilangan tahlilni e’lon qildi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida barcha toifadagi avtotransport vositalari savdosi 101,1 ming donani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6% ga yuqori.

Hududlar kesimida yengil avtomobillar savdosining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (+33,7%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (+8%) qayd etildi.

Birlamchi bozor

Birlamchi avtomobil bozorida noyabr oyida yengil avtomobillar savdosi yillik hisobda 15% ga oshdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 4,4 ming dona ko‘p degani.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar segmentida realizatsiya hajmi 30 ming donaga yaqin bo‘lib, 13,6% o‘sish qayd etildi. Import qilingan yangi yengil avtomobillar savdosi esa 5 ming dona atrofida bo‘lib, 22,5% ga oshdi.

Ikkilamchi bozor

Ikkilamchi bozorda noyabr oyida 52 mingga yaqin foydalanilgan yengil avtomobil sotildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 8% ga kam.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida foydalanilgan avtomobillar savdosi 1,4 barobarga oshdi. Poytaxtda noyabr oyida o‘tgan yilga nisbatan 3,4 ming dona ko‘proq avtomobil sotilgan.

Bundan tashqari, ikkilamchi bozorda elektromobillar savdosi yillik hisobda 1,8 barobarga oshgani qayd etildi. Bu esa ushbu segmentga bo‘lgan qiziqish barqaror o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi