Nogironligi bor bolalar parvarishi uchun tadbirkorlar barcha soliqdan ozod etiladi

Yangi qonunga ko‘ra, ota-onalarning parvarish xizmatlari uchun to‘lovlari ham daromad solig‘idan chegiriladi

Nogironligi bor bolalar parvarishi uchun tadbirkorlar barcha soliqdan ozod etiladi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari joriy etildi. Bu O‘RQ–1129-sonli, 2026-yil 17-apreldagi qonun bilan belgilandi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanadigan ota-onalar tomonidan har bir farzand uchun oyiga 3 mln so‘mgacha to‘lanadigan mablag‘ daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida ushbu toifadagi bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yil 1-yanvargacha barcha turdagi soliqlarni (ijtimoiy soliqdan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.

Bundan tashqari, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, “Inson” markazlari yo‘llanmasi asosida zo‘ravonlikdan jabrlangan, zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ayollar ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Shinhan banki ish boshlaydi
/
O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Shinhan banki ish boshlaydi
2026-yil boshidan buyon 1,6 mln dan ortiq o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
/
2026-yil boshidan buyon 1,6 mln dan ortiq o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
“O‘zbekneftgaz” va CNPC Ustyurtda 30 ta quduq burg‘ulash bo‘yicha shartnoma imzoladi
/
“O‘zbekneftgaz” va CNPC Ustyurtda 30 ta quduq burg‘ulash bo‘yicha shartnoma imzoladi