NKMK 2025-yilning I choragida  jami 27,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi

Shuningdek, investitsiya dasturi doirasida $118,4 mln miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilgan

NKMK 2025-yilning I choragida  jami 27,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi

2025-yilning I choragida “Navoiy kon-metallurgiya kombinari” AJ tomonidan jami 27,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 42,6% ga ko‘p hisoblanadi. 

Shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilgi darajada qolib, 753,5 ming unsiya oltinni tashkil etdi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hisob-kitoblar 1 unsiya uchun $2 850 narxdan kelib chiqib amalga oshirilgan.

Investitsiya dasturi doirasida $118,4 mln (2024-yil bo‘yicha $220,1 mln) miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirildi, 697 ta yangi ish o‘rni yaratildi (126). Bu esa deyarli butun 2024-yil ko‘rsatkichi — 715 bilan teng hisoblanadi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 349,8 mlrd so‘mlik mahalliy mahsulot ishlab chiqarildi, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha esa 1,8 tln so‘mlik mahsulot xarid qilingan. 

Xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida NKMK ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini 786,0 mlrd so‘mga kamaytirishga erishdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi