Toshkentda avtobuslarga naqd pulda to‘lov qilishga uringan yo‘lovchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi

Qoida buzgan yo’lovchiga 1/10 BHM miqdorida jarima qo’llaniladi

Toshkentda avtobuslarga naqd pulda to‘lov qilishga uringan yo‘lovchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi

Ma’lum qilinganidek, Toshkent shahrida 1-yanvardan boshlab avtobuslarda naqd pul bilan yo‘l haqi to‘lash taqiqlangan. Naqd pulda to‘lov qilishga uringan yo‘lovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.  

Toshkent shahar Transport inspeksiyasining hududiy bo‘limi inspektori Salimjon Nishonboyevning so‘zlariga ko‘ra, agar yo‘lovchi naqd pul taklif qilsa, haydovchi uni qabul qilmasligi shart.  

“Vaziyat Transport inspeksiyasining hududiy inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi. Birinchi marta qoidabuzarlik aniqlansa, ogohlantirish beriladi. Agar holat takrorlansa, haydovchi va yo‘lovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi”, — dedi Salimjon Nishonboyev.  

Bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi (chiptasiz yurish) va 145-moddasi (chiptasiz yo‘lovchi tashish) asosida tuziladi. Yo‘lovchiga 1/10 BHM miqdorida (37,5 ming so‘m) jarima solinishi mumkin.  

Shuningdek, “Toshshahartansxizmat” AJ barcha avtobuslarga kuzatuv kameralarini o‘rnatganini ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jamshid Qo‘chqorov: 2027-yilda Uzbekistan Airways va “O‘ztelekom” IPO’ga chiqariladi
/
Jamshid Qo‘chqorov: 2027-yilda Uzbekistan Airways va “O‘ztelekom” IPO’ga chiqariladi
Kripto-provayderlar ulushini sotish va rahbariyatni almashtirish faqat ILMA roziligi bilan amalga oshiriladi
/
Kripto-provayderlar ulushini sotish va rahbariyatni almashtirish faqat ILMA roziligi bilan amalga oshiriladi
Profilaktika inspektorlariga begona vazifalarni yuklash taqiqlanadi — Shavkat Mirziyoyev
/
Profilaktika inspektorlariga begona vazifalarni yuklash taqiqlanadi — Shavkat Mirziyoyev