O‘zbekistonda muammoli kreditlar hajmi 23,7 trln so‘mdan oshdi

Davlat banklarida NPL ulushi 4,6% gacha, xususiy banklarda esa 4,2% gacha yuqorilagan

O‘zbekistonda muammoli kreditlar hajmi 23,7 trln so‘mdan oshdi

2025-yil 1-fevral holatiga O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlarning (NPL) umumiy hajmi 23,7 trln so‘mni tashkil etib, kredit portfeli umumiy hajmining 4,5% ini tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Davlat banklarida bunday kreditlar ulushi 3,9% dan 4,6% gacha, xususiy banklarda esa 4,1% dan 4,2% gacha oshgan. 

Davlat banklarida muammoli kreditlar miqdori 16,8 trln so‘mni tashkil etdi. Ularda NPLning eng yuqori darajasi “Biznesni rivojlantirish banki”da qayd etilgan — 9,2%, undan keyingi o‘rinlarni “Agrobank” 4,8% va “Mikrokreditbank” 6,9% bilan egallagan. 

Xususiy banklarda muammoli kreditlarning eng yuqori foizi “Madad Invest Bank”da — 19,5%, undan keyin “Garant Bank” 18,6%, uchinchi o‘rinda esa “AVO Bank” 12,2% bilan kelmoqda.

Kredit portfelining umumiy hajmi yanvar oyidagi 533,1 trln so‘mdan 1-fevralda 533, 989 trln so‘mga (+ 868 mlrd so‘m) oshdi. Ushbu mablag‘larning 366,8 trln so‘mi davlat banklari kreditlari, 167,1 trln so‘mi esa xususiy banklar kreditlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi