Misr O‘zbekistondan boradigan sayyohlar uchun kirish tartibini o‘zgartiradi

Noyabrdan sayyohlar faqat yaqin oila a’zolari hamrohligida va kamida $5 ming naqd mablag‘ bilan safar qilishi mumkin

Misr O‘zbekistondan boradigan sayyohlar uchun kirish tartibini o‘zgartiradi

1-noyabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Misrga kirishi bo‘yicha yangilangan tartib joriy etiladi, deya ma’lum qildi O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi. Xususan, endilikda kurort shahri bo‘lmish Sharm-al-Shayx va Sinay yarimorolining boshqa hududlariga vizani oldindan rasmiylashtirmasdan safar qilib bo‘lmaydi.

Vizani Misrning diplomatik vakolatxonalari orqali olish mumkin. Shu bilan birga, turistik safarlar vakolatli turoperatorlar orqali tashkil etilishi lozim.

40 yoshgacha bo‘lgan sayyohlar esa Misrga faqat yaqin oila a’zolari (ota-ona, er-xotin yoki farzandlari) hamrohligida safar qilishi mumkin. Bunda oila tasarrufida safar davomida kamida $5 ming miqdorida naqd mablag‘ mavjud bo‘lishi talab etiladi, deyiladi xabarda.

40 yoshdan yuqori bo‘lgan mustaqil sayohat qiluvchilar kamida $3 ming miqdorida naqd moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishlari lozim.

Misrga kirish chog‘ida quyidagi hujjat va ma’lumotlar taqdim etilishi shart:

  • mehmonxona bron qilinganini tasdiqlovchi hujjat;
  • mobil aloqa ma’lumotlari;
  • yetarli moliyaviy ta’minot tasdig‘i.

Misr hududida bo‘lish davomida turistik vizani boshqa turdagi vizaga almashtirish bo‘yicha murojaatlar qabul qilinmaydi.

Zarur hujjatlarni to‘liq taqdim etmagan shaxslar mamlakatga kiritilmasligi va ularni olib kelgan aviakompaniya orqali qaytarilishi mumkin.

O‘zbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi fuqarolardan Misrga safarlarni rejalashtirishda ushbu ma’lumotlarni inobatga olishlarini so‘radi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi
/
O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi
Davaktiv Paynet xususiylashtirilishi nega ochiq e’lon qilinmaganiga izoh berdi
/
Davaktiv Paynet xususiylashtirilishi nega ochiq e’lon qilinmaganiga izoh berdi
O‘zbekistonda rieltorlar va ko‘chmas mulk agentliklarining yagona reyestri joriy etiladi
/
O‘zbekistonda rieltorlar va ko‘chmas mulk agentliklarining yagona reyestri joriy etiladi