Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi
Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotgani hamda oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindi
Фото: Саида Мирзиёева
Saida Mirziyoyeva AQSHga tashrifi davomida Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotgani hamda oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindi.
Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim, dedi Prezident administratsiyasi rahbari.

Eslatib o’tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev avvalroq O’zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi jarayonlarini yil yakunigacha yakunlash topshirig’ini bergandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ