Midasbuy platformasi O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi

O‘yin ichidagi xaridlar platformasi xorijiy kompaniyalar reyestriga qo‘shildi

Midasbuy platformasi O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi

Xitoyning “Tencent” kompaniyasi O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Midasbuy platformasini rasman tasdiqladi. Bu haqda Hududlararo soliq inspeksiyasi ma’lum qildi.

Midasbuy PUBG Mobile, Honor of Kings, Brawl Stars, Delta Force va boshqa mashhur onlayn o‘yinlar uchun o‘yin ichidagi valyuta va mahsulotlarni sotib olish imkoniyatini beradi. Platforma ushbu o‘yinlar uchun rasmiy do‘kon vazifasini bajaradi.

24 iyul kuni “Tencent Holdings” tarkibiga kiruvchi “High Morale Developments Limited” kompaniyasi O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. U reyestrga kiritilgan 72-xorijiy tashkilotga aylandi.

Yil boshidan buyon ro‘yxatga Alibaba Cloud, eBay, OpenAI, Bloomberg, Coursera, Canva va kabi 15 ta xorijiy kompaniya ham qo‘shildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
/
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
/
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan