Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi

Unda kengash hamraislari — Saida Mirziyoyeva hamda Serjio Gor ishtirok etdi

Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi

Dushanba kuni Vashingtonda Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyatini rasman ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda kengash hamraislari — O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor ishtirok etdi.

Ushbu tuzilma O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi biznes aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan samarali maydonga aylanishi shubhasiz. Bunga mamlakatlarimiz prezidentlarining qat’iy siyosiy irodasi mustahkam zamin yaratmoqda, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.

Kengashning tashkil etilishiga ikki davlat prezidentlari o‘rtasida qaror topgan yuksak darajadagi ishonch zamin yaratdi. Kengash hamraisi, elchi Serjio Gor ta’kidlaganidek, so‘nggi bir yil davomida AQSh Markaziy Osiyoda strategik sheriklikni mustahkamlash borasidagi qat’iy intilishlarini amalda tasdiqladi.

Serjio Gor X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ushbu kengashning ishga tushirilishi “tijorat diplomatiyasi tufayli so‘nggi bir necha oy ichida sheriklikda erishilgan aql bovar qilmas yutuqlarning yuqori nuqtasi” ekanini ta’kidladi.

Prezident Tramp noyabr oyida Vashingtonda C5+1 (Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh muloqot formati — tahr.) yetakchilarini qabul qilganidan beri, O‘zbekiston Amerika kompaniyalari bilan yuzlab million dollarlik shartnomalar imzoladi, — deya qayd etdi u.

Fevral oyida Saida Mirziyoyeva Serjio Gor ishtirokida kengashning ilk yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
/
MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi