O‘zbekistonda “Avion” aviakompaniyasi tashkil etildi

Yangi operator aeroportlardagi navigatsiya uskunalarini tekshirish va sozlash bilan shug‘ullanadi

O‘zbekistonda “Avion” aviakompaniyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda “O‘zaeronavigatsiya” markazi tomonidan maxsus texnik vazifalarni bajaruvchi “Avion” aviakompaniyasi tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi korxona ekspluatant sertifikatini olib, o‘z faoliyatini boshlagan. Uning asosiy yo‘nalishi aeroportlardagi radiotexnik qurilmalar va yorug‘lik signalizatsiyasi tizimlarini kalibrlashdan iborat.

Mazkur ishlar maxsus laboratoriya-samolyot yordamida amalga oshiriladi. Ushbu havo kemasi o‘lchov uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, aeronavgatsiya infratuzilmasini xalqaro ICAO standartlariga muvofiqligini tekshirish imkonini beradi.

Yangi operatorning ishga tushirilishi bunday tekshiruvlarni endilikda ichki resurslar hisobidan amalga oshirishga xizmat qiladi. Bu esa ishlar tezligi va aniqligini oshirib, tizimlar holati ustidan mustaqil nazoratni ta’minlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Strategik korxonalarni xususiylashtirishda davlat maxsus huquqni saqlab qolishi mumkin
/
Strategik korxonalarni xususiylashtirishda davlat maxsus huquqni saqlab qolishi mumkin
Soliq qo‘mitasi o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni kamaygani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
Soliq qo‘mitasi o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni kamaygani haqidagi xabarlarni rad etdi
Toshkentda sentabr va oktabr oylarida issiq suv 5 kun muddatga o‘chiriladi
/
Toshkentda sentabr va oktabr oylarida issiq suv 5 kun muddatga o‘chiriladi