Markaziy bank O‘zbekistonda 2028-yilgacha mo‘ljallangan pul-kedit siyosatini tasdiqladi

Xususan, 2026-yilda YAIM real o‘sishi 5,5–6,5%, 2027–2028-yillarda esa 6–7% atrofida bo‘lishi kutilmoqda

Markaziy bank O‘zbekistonda 2028-yilgacha mo‘ljallangan pul-kedit siyosatini tasdiqladi

Markaziy bank boshqaruvining 2025-yil 18-noyabrdagi 31/1–sonli Qarori bilan “Pul-kredit siyosatining 2026-yil va 2027-2028-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ning yakuniy tahriri tasdiqlandi.

Prognozlarga ko‘ra, 2026-yilda YAIM real o‘sishi 5,5–6,5%, 2027–2028-yillarda esa 6–7% atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Markaziy bank asosiy ssenariy hamda kutilmagan iqtisodiy shoklar yuzaga kelgan taqdirda ham, 2027-yil oxirigacha inflyatsiyani 5% maqsad ko‘rsatkichiga tushirishga e’tibor qaratadi.

Inflyatsiya darajasi 2026-yil yakuniga kelib 7% gacha pasayishi, tashqi bosimlar yumshashi va ichki narxlar kutilmalarining barqarorlashuvi fonida esa 2027-yilda 5% targetga yetishi kutilmoqda. 2028-yildan boshlab inflyatsiya shu ko‘rsatkich atrofida shakllanishi mumkin. Prognozlar xususiylashtirish jarayonlari davom etishi, investitsiyalar oqimi barqaror bo‘lishi va iqlim xavflari kuchaymasligi shartlariga asoslanadi.

Inflyatsiya oshishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy xavflar qatoriga:

  • sherik davlatlar valyutalarining keskin qadrsizlanishi;
  • oltin narxlarining pasayishi;
  • import oziq-ovqat narxlarining keskin oshishi;
  • fiskal taqchillik kengayishi;
  • energiya ta’minotidagi uzilishlar;
  • noqulay ob-havo va iqlim o‘zgarishlari;
  • moliyaviy inklyuzivlik kengayishi fonida iste’mol talabi va tartibga solinadigan narxlarning kutilganidan tez oshishi kiritilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi