1-iyundan Maskat-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Bu orqali turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish maqsad qilingan

1-iyundan Maskat-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

2026-yil 1-iyundan Maskat-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston elchisi Abdusalom Hotamov va O‘mon meros va turizm vaziri Sayyid Ibrohim bin Said al-Busaidiy o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi, deb yozadi “Dunyo” axborot agentligi.

Tomonlar uchrashuvda turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va madaniy merosini targ‘ib qilish, shuningdek, sayyohlik kompaniyalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.

O‘mon tomoni so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasida turizm va madaniy sohalardagi hamkorlik izchil rivojlanayotganini ta’kidlab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sayyohlar soni ortib borayotganini yuqori baholagan.

Maskat-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi o‘zaro sayyohlar oqimini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining O‘monga bo‘lajak tashrifi arafasida Maskat shahrida mamlakatning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan Road Show tadbirini o‘tkazish tashabbusi qo‘llab-quvvatlangan. O‘mon tomoni uni tashkil etishda ko‘mak berishga tayyorligini bildirgan.

Tomonlar, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash maqsadida ikki mamlakatda fotoko‘rgazmalar tashkil etish masalasini ham qo‘llab-quvvatlagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi 47,1% gacha pasaydi
/
UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi 47,1% gacha pasaydi
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
/
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
/
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi