“The Wall Street Journal” Ilon Maskni dunyodagi eng boy odam deb topdi
2025-yil fevral oyida uning boyligi $419,4 mlrdga baholangan
“The Wall Street Journal” “supermilliarderlar” ning yangi reytingini e’lon qildi.
24 ta pozitsiyani o‘z ichiga olgan reytingga ko‘ra, 2025-yil fevral holati bo‘yicha boyligi $419,4 mlrdga baholangan Mask dunyodagi eng boy odam hisoblanadi.
Undan tashqari reytingga Amerikaning Amazon onlayn-riteyleri asoschisi Jeff Bezos ($263,8 mlrd), Fransiyaning hashamatli buyumlar ishlab chiqaruvchi LVMH egasi Bernar Arno ($238,9 mlrd), Amerikaning Oracle Corporation dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi asoschilaridan biri Larri Ellison ($237 mlrd) va Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg ($220,8 mlrd) kiritilgan.
Reytingda oltinchi o‘rinni $160,5 mlrd boyligi bilan Google hammuassisi Sergey Brin egallagan.
Wall Street Journal’ning aniqlik kiritishicha, dunyodagi eng boy 24 nafar kishining umumiy boyligi $3,3 trlnni tashkil qiladi. Ulardan 16 nafarining boyligi $100 mlrddan oshadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ