Markaziy bankda Fintex ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Shuningdek, startaplar akseleratsiyasi, yangi g‘oyalar va investitsiyalarga sharoit yaratish uchun innovatsion xab tashkil qilinadi

Markaziy bankda Fintex ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, bu yil moliyaviy texnologiyalar hajmi $300 mlrddan, 2030-yilga borib, $600 mlrddan oshishi kutilmoqda. 2018-yilda FinTech korxonalari 24 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda 103 taga yetgan.

O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida 1 mingta startapni qo‘llab-quvvatlash, “Open banking” tizimini joriy qilish, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik strategiya ishlab chiqilishi aytilgan edi. Taqdimotda mutasaddilar shu boradagi rejalar va takliflar yuzasidan axborot berdi.

Strategiyani puxta ishlab chiqish uchun, avvalo, me’yoriy-huquqiy baza, moliyaviy texnologiyalarning hozirgi holati, infratuzilma va kadrlar masalasi tahlil qilinmoqda. Singapurlik ekspertlar jalb etilib, xalqaro tajriba o‘rganilmoqda. Shu asosda bu sohadagi milliy tamoyillar shakllantiriladi, institutsional arxitektura va idoralararo hamkorlik tartibi belgilanadi. Yakuniy maqsad barqaror, inklyuziv va raqobatbardosh moliyaviy xizmatlar ekotizimini yaratishdir.

Bugungi kunda moliya bozorini sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarisiz rivojlantirib bo‘lmaydi. Tahlillarga ko‘ra, bular orqali banklar daromadini 20% ga, moliyaviy xizmatlar hajmini 30% ga oshirib, xavflarni 15% ga kamaytirish mumkin.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari banklarning texnologik imkoniyatlarini kengaytirib, ulardagi raqamli xizmatlarni ko‘paytirish, fintex sohasidagi kompaniyalar va startaplarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

Sohada muvaffaqiyat mezonlarini aniqlash va boshqarish maqsadida Markaziy bankda Fintex ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Startaplar akseleratsiyasi, yangi g‘oyalar va investitsiyalarga sharoit yaratish uchun innovatsion xab tashkil qilinishi ma’qullandi. Bu chora-tadbirlar kelgusida O‘zbekistonning mintaqaviy fintex markaziga aylanishiga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi
/
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi