Aholi bandligini ta’minlash uchun “mahalla loyihasi” dasturiga $1 mlrd kredit ajratildi

2025-yil 1-fevralga qadar banklarning mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, “mahalla bankirlari” tayinlanadi

Aholi bandligini ta’minlash uchun “mahalla loyihasi” dasturiga $1 mlrd kredit ajratildi

Aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida ajratiladigan $1 mlrd kredit resurslari banklar va hududlar kesimida taqsimlandi. Bu haqida Prezident matbout xizmati xabar berdi

Xabarga ko’ra, loyiha ishlab chiqish, kredit ajratish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tuman banki rahbariga oyma-oy samaradorlik ko‘rsatkichi qo‘yildi.

Endi Markaziy bank raisi va uning o‘rinbosarlari hududlarga chiqib, joylardagi bank filiallarining mahallalardagi ishini yangicha yondashuv asosida tashkil qiladi. 2025-yil 1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.

Hududiy banklar hamda tuman hokimlari aholini tayyor biznes loyihalari bilan tanishtirib boradi, ularni amalga oshirish ko‘nikmalari o‘rgatiladi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekistonda 2025-yilda jami 5 mln 200 ming nafar, jumladan, banklar tomonidan 3 mlndan ziyod aholini band qilish rejalashtirilgan. 

Shu maqsadda 208 ta tuman va shaharlar hokimlari hamda banklar rahbarlari tomonidan aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi va tomonlarning aniq huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, “online-mahalla.uz”, “bank-kredit.uz” va “soliq.uz” axborot tizimlari integratsiya qilinib, mas’ullarga yuklatilgan vazifalar ijrosi kunlik tahlil qilib boriladi. Faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan rahbarlarga chora ko‘riladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi