Uzbekistan Airways 7 apreldan boshlab Londonga parvozlar sonini ko’paytiradi

Londonda yo'lovchilar ikkita aeroportdan birini tanlashlari mumkin

Uzbekistan Airways 7 apreldan boshlab Londonga parvozlar sonini ko’paytiradi

7 apreldan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Londonga haftasiga uch marta reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Endi yo’lovchilar Londonning ikkita aeroportidan birini tanlashlari mumkin: seshanba va juma kunlari reyslar amalga oshiriladigan «Heathrow Airport» va yakshanba kunlari «London Gatwick Airport».

London Gatwick aeroportiga parvozlar jadvali quyidagicha: 

  • Toshkentdan soat 10:55 da jo’nab ketish, Toshkent vaqti bilan; 
  • Londonga soat 14:35 da kelish, London vaqti bilan; 
  • Londondan soat 16:10 da jo’nab ketish, London vaqti bilan;
  • Ertasi kuni soat 03:00 da Toshkentga yetib kelish, Toshkent vaqti bilan.

Bir tomonga chipta narxi 3,7 mln so’m, bagaj bilan 4,7 mln so’m. Borib kelish 8,1 mln so’m, bagaj bilan 10,1 mln so’m.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
2026-yilning birinchi choragida xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab $14,6 mlrdga yetdi
/
2026-yilning birinchi choragida xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab $14,6 mlrdga yetdi