O‘zbekistonda Andijon—Samarqand tezyurar poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etildi

Prezident qarori loyihasida 2030-yilgacha 30 ta elektropoyezdga ega bo‘lish rejalashtirilgan

O‘zbekistonda Andijon—Samarqand tezyurar poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etildi

O‘zbekistonda 2027-yil oxirigacha Andijon—Samarqand yo‘nalishida tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. Bu Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan prezident qarori loyihasida nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, hozirda Toshkent—Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan tezyurar elektropoyezdlar qatnovini Samarqand shahrigacha uzaytirish rejalashtirilgan. Shu orqali Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari o‘rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, 2027-yil iyulidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatini qamrab oluvchi yagona transport bog‘lamasini shakllantirish taklif qilingan. U “Toshkent-Shimoliy” va “Toshkent-Janubiy” temiryo‘l vokzallari, Toshkent xalqaro aeroporti hamda Toshkent markaziy avtovokzalini o‘zaro bog‘laydi.

Bundan tashqari, Chirchiq, Yangiyo‘l, Angren va Olmaliqdan keluvchi yo‘lovchilar uchun shahar atrofi elektropoyezdlari qatnovlari sonini 1,5 barobarga oshirish hamda metro bekatlariga bevosita transfer tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Farg‘ona vodiysida esa 2028-yil oxirigacha Qo‘qon—Pop—Namangan—Andijon—Marg‘ilon—Qo‘qon halqa yo‘nalishi bo‘ylab kunlik elektropoyezdlar qatnovini ikki barobarga oshirish taklif etilgan.

Shuningdek, Pop temiryo‘l stansiyasidan Namangan shahri avtovokzaligacha muntazam mikroavtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Strategiya doirasida 2030-yilgacha mahalliy yo‘nalishlarda harakatlanadigan elektropoyezdlar sonini 30 taga, yo‘lovchi vagonlari parkini esa 650 taga yetkazish maqsad qilingan.

Mazkur o‘zgarishlar hozircha prezident qarori loyihasida aks etgan bo‘lib, hujjat 11-noyabrgacha jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent—Xiva—Toshkent yo‘nalishida yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Jaloliddin Manguberdi” yo‘lovchi poyezdi 2026-yil 5-may kunidan boshlab qatnovni yo‘lga qo‘ygandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga $2,7 mlrd investitsiya jalb qilinadi
/
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga $2,7 mlrd investitsiya jalb qilinadi
Uklon O‘zbekistonda ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topildi
/
Uklon O‘zbekistonda ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topildi
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dunyoning top-5 mamlakati qatoriga kirdi — vazirlik
/
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dunyoning top-5 mamlakati qatoriga kirdi — vazirlik