Mikromoliya tashkilotlari 2024-yilda jami 16 trln so‘mlik kreditlar ajratgan

Kreditlarning 94% qismi  jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi

Mikromoliya tashkilotlari 2024-yilda jami 16 trln so‘mlik kreditlar ajratgan

Markaziy bank O‘zbekistonda 2024-yilda mikromoliya tashkilotlari haqidagi sharhini e’lon qildi

Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 16 trln so‘m mikromoliya kreditlar ajratilib, kreditlash miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 85% ga oshgan. Bunda, kreditlashning 89%i (14,4 trln so‘m) mikromoliya tashkilotlari va 11%i (1,8 trln so‘m) lombardlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Kreditlash amaliyotlarining o‘sish sur’ati mikromoliya tashkilotlarida 104,5% va lombardlarda 10% ni tashkil etgan.

Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan ajratilgan kreditlarning 15,2 trln so‘m yoki 94%i jismoniy shaxslarga va 963 mlrd so‘m yoki 6%i yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

2024-yilning yanvar-dekabr oylar davomida ajratilgan onlayn kreditlarning jami mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan ajratilgan kreditlardagi ulushi 54% ni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25% bandga ortgan.

Onlayn kreditlash hajmining keskin oshishi jismoniy shaxslar tomonidan “Uzum Market” elektron platformasi, “Uzum Tezkor” yetkazib berish xizmati va “Uzum Nasiya”ga ulangan boshqa savdo shaxobchalaridan tovar xom-ashyo sotib olishda “Shaffof-Moliya” (5 trln so‘m) va “Tezkoni” (2 trln so‘m) mikromoliya tashkilotlari tomonidan onlayn kreditlar ajratilishi bilan izohlanadi.

Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar hajmi 2024-yilning avgust-dekabr oylarida 1,1 mlrd so‘mga yetgan holda, tizimdagi barcha mikromoliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan kreditlarning 0,008%ini tashkil etgan. 

Bunda, 1,1 mlrd so‘mlik “murobaha” va 7,4 mln so‘mlik “islomiy ijara” xizmatlari ko‘rsatilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi