Hukumat dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratishi mumkin

Ijtimoiy reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalar uchun daromad mezoni 1,43 mln so‘mgacha oshiriladi

Hukumat dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida aholini, xususan, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda elektr energiyasi, gaz, ko‘mir va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha amaldagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, isitish mavsumida gazlashmagan hamda gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yorni 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshirish taklifi ma’qullandi.

Shuningdek, dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqish taklif qilindi.

Ijtimoiy reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi, gaz, ko‘mir va kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplashda oilaning har bir a’zosiga qo‘llaniladigan daromad mezonini 1 mln 430 ming so‘mgacha oshirish taklifi ham ko‘rib chiqildi. Bu orqali qo‘llab-quvvatlash qamrovini yana 166 ming oilaga kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi. Ushbu chora bir yilda 470 ming oilani qamrab olishi kutilmoqda.

Sharoiti og‘ir mahallalardagi 3 mingta xonadonni issiqlik jihatidan himoyalash va energiya tejovchi uskunalar bilan ta’minlash ishlari ham davom ettiriladi.

Davlat rahbari Hukumatga belgilangan yordam uchun mablag‘larni o‘z vaqtida yo‘naltirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda manzillilikni ta’minlash va yordamning har bir oilaga yetib borishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shuningdek, energiya resurslarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalar faoliyatini transformatsiya qilish, boshqaruv samaradorligini oshirish, ortiqcha xarajatlar hamda tarmoqlardagi yo‘qotishlarni qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Rossiya qiymati qariyb $6 mlrdlik qo‘shma loyihalar ustida ishlamoqda
/
O‘zbekiston va Rossiya qiymati qariyb $6 mlrdlik qo‘shma loyihalar ustida ishlamoqda
Koreya taraqqiyot banki O‘zbekistonni tark etishi mumkin
/
Koreya taraqqiyot banki O‘zbekistonni tark etishi mumkin
Uorren Baffet O‘zbekistonning Got Talent shousini tomosha qiladi
/
Uorren Baffet O‘zbekistonning Got Talent shousini tomosha qiladi