Kredit tarixini yaxshilashda soliq, elektr, gaz kabi to‘lovlar inobatga olinadi
2025-yilda 100 mingta shunday mijoz bilan ishlash rejalashtirilmoqda
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Kelgusi yilda “o‘rta” kredit tarixiga ega 100 ming mijoz bilan uch oy davomida individual reja asosida ishlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi videoselektorda ma’lum qilindi.
Unga ko’ra, bunday mijozlarning soliq, elektr, gaz va boshqa to‘lovlari inobatga olinadi. Shuningdek, moliyaviy savodxonligini oshirib, loyihalarini takomillashtirish orqali ularni tadbirkorga aylantirish ko‘zda tutilgan.
O‘tgan olti yilda 1 million 600 ming nafar aholi “yaxshi” kredit tarixiga ega bo‘lgan. Shu bilan birga, tarixi “o‘rta” baholanganlarga yangi kredit olishda talablar kuchayishi tabiiy. Bunday mijozlarning kredit tarixini yaxshilash, kelgusida ular tadbirkorga aylanishi uchun banklar katalizator bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ