Endilikda kredit byurolarida axborot xavfsizligiga oid ichki siyosat ishlab chiqiladi
Mamlakatdagi barcha kredit tashkilotlarining kiberxavfsizlik darajasini reytingda belgilanadi
Kredit byurolarining axborot tizimlarida kiberxavfsizlikni ta’minlashga doir talablar to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, kredit byurolarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash xizmati tashkil etiladi.
Shuningdek, kredit byurolari axborot xavfsizligiga oid ichki siyosatni ishlab chiqishi va Markaziy bank bilan kelishishi lozim.
Kredit byurolari faoliyatida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikning ta’minlanganlik darajasini baholash bo‘yicha reyting axborot tizimi Markaziy bank tomonidan yuritiladi.
Bundan tashqari, kredit byurolari axborot tizimlaridan ma’lumotlarning ruxsatsiz uzatilishi va tarqalishidan himoyalash bo‘yicha DLP (Data Loss Prevention) tizimini joriy etishi shart.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ