Yanvar oyida O‘zbekiston kompaniyalari 8,5 trln so‘m soliq to‘lagan

Davlat kompaniyalari orasida “NKMK”, xususiy kompaniyalar orasida esa “UzBAT” yetakchi hisoblanadi

Yanvar oyida O‘zbekiston kompaniyalari 8,5 trln so‘m soliq to‘lagan

2025-yil yanvar oyida 959 ta tashkilot 8,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.

Umumiy summaning 4,5 trln so‘mi 10 ta davlat kompaniyasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Ular orasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” (NKMK) yetakchi bo‘lib, 2 trln so‘m mablag‘ kiritgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni 639,1 mlrd so‘m bilan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” (OKMK) va 3,8 trln so‘m bilan “O‘zkimyosanoat” egallagan.

Top-10 soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritilgan boshqa davlat kompaniyalariga quyidagilar kiradi:

  • “Navoiyuran” DK — 298,5 mlrd so‘m;
  • “O‘zbekneftgaz” — 279,8 mlrd so‘m:
  • “Hududgazta’minot” — 240,3 mlrd so‘m;
  • “Uzgastrade” — 218,3 mlrd so‘m;
  • “Asia Trans Gas” — 148,5 mlrd so‘m;
  • “Aloqabank” — 116,5 mlrd so‘m
  • “O‘ztransgaz” — 111,2 mlrd so‘m.

Eng yirik o‘nta xususiy korxonaga 1,3 trln so‘m to‘g‘ri keladi. Ulardan eng yirik soliq to‘lovchi “UzBAT” bo‘lib, u byudjetga 182 mlrd so‘m kiritgan. Undan keyingi o‘rinlarni “ADM Jizzakh” 62,2 mlrd so‘m va “Epsilon Development Company” 50,6 mlrd so‘m bilan egalladi.

Boshqa xususiy kompaniyalarga quyidagilar kiradi:

  • “Kapitalbank” — 48 mlrd so‘m;
  • “Hamkorbank” — 47,6 mlrd so‘m;
  • “Unitel” MCHJ QK — 47,6 mlrd so‘m;
  • “Tashkent Tobacco” — 42,3 mlrd so‘m;
  • “TBC Bank” — 37 mlrd so‘m;
  • “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan” — 36,7 mlrd so‘m;
  • “RWS Optimum” — 33,5 mlrd so‘m.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank JCh-2026ga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi
/
Markaziy bank JCh-2026ga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi
O‘zbekiston 2035-yilgacha islomiy moliyasi rivojlanishi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylanishi mumkin
/
O‘zbekiston 2035-yilgacha islomiy moliyasi rivojlanishi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylanishi mumkin
Toshkentda bo’lib o’tayotgan biznes-forum doirasida 193 ta AQSH kompaniyalari bilan uchrashuv o’tkazildi
/
Toshkentda bo’lib o’tayotgan biznes-forum doirasida 193 ta AQSH kompaniyalari bilan uchrashuv o’tkazildi