“Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” kompaniyasining shikoyat arizasi qanoatlantirilmadi

Shikoyat Raqobat Qo’mitasi tomonidan berilgan jarimalar va Sud qarorlariga qarshi berilgan edi

“Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” kompaniyasining shikoyat arizasi qanoatlantirilmadi

“Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJning shikoyat arizasi qanoatlantirilmadi. Bu haqida Raqobat Qo’mitasi xabar berdi

Shikoyat Toshkent shahar ma’muriy sudiga raqobat, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus komissiyasining qabul qilgan qaroriga hamda Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining hal qiluv qaroriga nisbatan berilgan edi.

Ishni apellyasiya instansiyasi sudlov hay’ati tomonidan joriy yilning 2-dekabr kuni sud majlisi natijasiga ko‘ra, Maxsus komissiya hamda Toshkent tumanlararo ma’muriy sudlarining qabul qilgan qarorlari o‘z kuchida qoldirildi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq “Kapital.uz” “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” va “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” kompaniyalari chiptalar narxini noqonuniy oshirib yuborgani uchun jarimaga tortilgani haqida yozgan edi

Unga ko’ra, “O‘ztemiryo‘lYo‘lovchi” AJ  hamda  “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJ Farg‘ona filiallari tomonidan temir yo‘l vokzali bo‘ylab sotilgan chiptalardan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha umumiy hisobda jami 792,186 nafar iste’molchidan 1.3 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha haq undirilganligi aniqlangan. 

O‘rganish natijasida Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan  “O‘ztemiryo‘lYo‘lovchi” AJ va “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJga undirilgan to‘lovlarni iste’molchilarga qaytarishi yuzasidan ko‘rsatma berilib, moliyaviy jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi
/
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi