2026-yilda banklar kichik va o‘rta tadbirkorlik uchun $1 mlrd jalb qiladi

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan loyihalarga 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

2026-yilda banklar kichik va o‘rta tadbirkorlik uchun $1 mlrd jalb qiladi

Banklar kelgusi yilda aynan kichik va o‘rta tadbirkorlikni maqsadli qo‘llab-quvvatlash uchun alohida $1 mlrd resurs jalb qiladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Ma’lum qilinihsicha, bu yil banklar tadbirkorlik loyihalari uchun $6 mlrd resurs olib kelmoqda.

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi “chempion tadbirkor”larni ko‘paytirish uchun bank orqali loyihalarga 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beradi.

Ishlab chiqarish, servis, yashil iqtisodiyot loyihalari uchun 500 mln so‘mgacha tijorat kreditlari kompaniya tomonidan qayta moliyalashtiriladi. Natijada har yili 100 mingdan ziyod tadbirkorlar oladigan kredit foizi 6% gacha pasayadi.

Avvalgi krediti bo‘yicha kompaniyadan kafillik olib, to‘lovni vaqtida qilgan tadbirkorlarga yangi kreditlar uchun kafillik miqdori 1,5 karra oshiriladi.

Endi yirik tadbirkorlar ham kompaniyadan 10 mlrd so‘mgacha kafillik olishi mumkin bo‘ladi.

Endilikda kredit berishda skoring tizimi soliq va kommunal to‘lov intizomi, rasmiy aylanmasi, eksport operatsiyalari kabi ma’lumotlarni ham inobatga oladi.

Kelgusi yildan muqobil skoring modelini ishga tushirilib, kredit berish shartlari osonlashtiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi