“Kafolat” aksiyalari yana “Toshkent” fond birjasida savdoga chiqariladi

25-iyundan sug‘urta kompaniyasining aksiyalari, shuningdek, uning amaldagi egasi Plum Technologies qimmatli qog‘ozlari bilan savdolar boshlanadi

“Kafolat” aksiyalari yana “Toshkent” fond birjasida savdoga chiqariladi

“Toshkent” respublika fond birjasi “Kafolat” sug‘urta kompaniyasining oddiy va imtiyozli aksiyalari bo‘yicha savdolarni qayta tiklaydi. Bu haqda birja matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, fintex-kompaniya Plum Technologies aksiyalari ham ilk bor savdo maydonchasiga chiqariladi.

Har ikki kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari kotirovka varag‘iga kiritilgan bo‘lib, ular bilan bitimlar 25-iyundan amalga oshirilishi mumkin. “Kafolat” aksiyalariga KFSK va KFSKP, Plum Technologies aksiyalariga esa PLTG tikkerlari biriktirilgan.

iHamkor platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Plum Technologies “Kafolat” sug‘urta kompaniyasining 100% ulushiga egalik qiladi.

2024-yil aprel oyida “Toshkent” fond birjasi boshqaruvi “Kafolat” aksiyalarini kotirovka varag‘ining “Standart” toifasidan chiqargan edi. Bunga kompaniyaning delisting bo‘yicha ixtiyoriy arizasi sabab bo‘lgan. Mazkur qaror aksiyadorlarning 2024-yil mart oyida bo‘lib o‘tgan yillik umumiy yig‘ilishida ma’qullangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi