Xitoy kompaniyalari Jizzaxda quyosh elektr stansiyasini quradi

Loyihaga 2,08 mlrd Xitoy yuani miqdorida investitsiya kiritiladi

Xitoy kompaniyalari Jizzaxda quyosh elektr stansiyasini quradi

Jizzax viloyatining Forish tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmog‘i quriladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori imzolangan.

Hujjatga ko‘ra, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan bararor ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish maqsad qilingan.

Loyihani amalga oshirish uchun Xitoyning China Electrical Equepment International Co. LTD hamda China Huadison Overseas Co. LTD kompaniyalari tomonidan Huardian Jizzakh Solar Power MCHJ (loyiha kompaniyasi) taʼsis etilgan.

Investorlar va loyiha kompaniyasi Jizzax viloyatida 2,08 mlrd Xitoy yuani miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jalb etgan holda quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi hamda ekspluatatsiya qilishi lozim. “O‘zenergosotish” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qiladi.

Loyihani amalga oshirish uchun Jizzax viloyatining Forish tumanidan jami 991,1 gektar yaylov yer uchastkasi ajratiladi va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yil boshidan buyon soliq tushumlari 24% ga oshdi
/
O‘zbekistonda yil boshidan buyon soliq tushumlari 24% ga oshdi
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston savdo hajmini $100 mlnga yetkazishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston savdo hajmini $100 mlnga yetkazishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan oshgan operatsiyalar ustidan nazorat kuchaytiriladi
/
O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan oshgan operatsiyalar ustidan nazorat kuchaytiriladi